Eng muhim raqamlar qisqa formatda

✅ 2021-yilda Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari 13% ga o’sib 4.2 mlrdga yetibdi. Bu oxirgi 3 yil ichida eng katta o’sish. Lokdaunning sharofati)

✅ Foydalanuvchilar o’rtacha kuniga 7 soat vaqtini internetga o’tkazmoqda. Ya’ni deyarli uyqu bilan baravar vaqtimizni internetga sarflayapmiz. Braziliya, Kolumbiya va JARliklar esa o’rtacha kuniga 10 soat sarflashayapti. Bu shunchaki ***

✅ Ijtimoiy tarmoqlarda esa o’rtacha kuniga 2.25 soat sarflayapmiz. Eng faoll foydalanuvchilar esa Filippinliklar. Ular kuniga 4.15 soat sarflayapti! Ular nima qilishayotgani menga qiziq)

✅ 77% foydalanuvchilar oyda kamida 1 marta onlayn xarid qilishmoqda. Eng ko’p xarid esa oziq-ovqat mahsulotlari hamda shaxsiy gigiyena vositalari.

✅ Insonlar brendlar haqida qidiruv tizimlaridan ko’ra ko’proq ijtimoiy tarmoqlarda izlashmoqda. 45% ulush ijtimoiy tarmoqlarda.

Batafsil suratlardan ko’rib olishingiz mumkin.

Internetda o’tkaziladigan vaqtning o’sib borishi
Bir kunda internetda sarflanadigan o’rtacha vaqt.
Eng ko’p foydalaniladigan ilovalar.
Davlatlar bo’yicha 1 kunlik o’rtacha ijtimoiy tarmoqdan foydalanish ko’rsatkichi

Ijtimoiy tarmoqdagi vaqtimizni o’sishi

Qaysi avlod brend haqida qaysi qayerdan qidirmoqda?

Onlayn qidiruvlar qanday usullarda amalga oshirilmoqda?