🧐 Clubhouse o’zi nima?

▫️ Oxirgi paytlar iOS foydalanuvchilar orasida ommalashayotgan audio shakldagi yangi ijtimoiy tarmoq “Clubhouse” keng muhokamada bo’lmoqda. Xo’sh, o’zi Clubhouse nima va uning marketingdagi o’rni qanday?

Clubhouse xuddi Telegramdagi private chatlarning ovozli ko’rinishiga o’xshaydi. Unda bir guruh insonlar turli mavzularda audio muloqot qilishadi. Guruhlarga, suhbatlarga esa faqat kimningdur taklifi (invayt) bilan qo’shila olasiz. Hozircha ilova faqat iOS uchun. Lekin Android uchun ham ishlab chiqilishi aniq. Shunday ekan smartfoningizni almashtirishga shoshilmang.

Clubhouseda audio marketing uchun yaxshi imkoniyatlar bor. Masalan siz ta’lim, tibbiyot, iqtisodiyot haqidagi turli mavzularda suhbatlar uyushtirib unda mahsulot/xizmatingizni sotishingiz mumkin. Xatto O’zbekistonda ham brendlar Clubhousedan foydalanishni boshlashdi.

P.S Men ham Android uchun Clubhouseni kutyapman)