🆒 G’alati tuyulishi mumkin, ammo demarketing bu talabni yoki sotuvlar o’sishini kamaytirishga qaratilgan marketing. Masalan supermarket har kuni baliq mahsulotlariga bo’ladigan navbatni oldini olish uchun faqat Dushanba kuni baliq uchun 30% chegirma joriy qilishi mumkin. Maqsad talabni kamaytirish va tovar yetishmay qolishini oldini olish.

🆕 Yaqinda bo’lgan Netflixning keysini ko’rib chiqamiz: Qachondir Netflix jamoasi ularning asosiy raqobatchisi uyqu ekanini aytgan edi. Endi esa ular Guide To Sleep (https://www.youtube.com/watch?v=GVzKqr3Dss0) metodikasini taqdim qilib kuzatuvchilariga tezda uyquga ketishda yordam bermoqchi. Netflix haqida u real hayot o’rnini egallamoqda degan hazillar ham chiqib ulgurgan. Odamlarda seriallarga kuchli qaramlik uyg’ongan.

Millionlab insonlarning uyqusini o’g’irlaydigan Netflix endi o’zi uchun qulay video formatda uyquni qaytarishga harakat qilmoqda 😉

https://www.youtube.com/watch?v=GVzKqr3Dss0