📊 Bir necha tadqiqotlar

Ekosistemalarga obuna bozori Rossiyada yil oxirida 21mlrd rublni tashkil qiladi // J’son and Partners Consulting

AQSh da raqamli tibbiyot startaplari 1-chorakda rekord hajmda investitsiya jalb qildi // Rock Health

Foydalanuvchilar oldingidan ko’proq vaqtni ilovalarda o’tkazishmoqda // App Annie

Batafsil 👇

🧩 Ekosistemalarga obuna bozori Rossiyada yil oxirida 21mlrd rublni tashkil qiladi. Ekosistemalar obunasiga: Yandeks musiqa, Kinopoisk, Sber musiqa, MTC, Ivi, Apple musiqa, Netflix va shu kabilarni misol qilish mumkin. Hozir Rossiyadagi eng mashhur servislar esa karshering, musiqa va video obunasidir.

🚑 AQShda Medtech rekord darajada 6.7 mlrd $ investitsiya jalb qilmoqda. Kelishuvlarning o’rtacha qiymati 45 mln$ ekan. Pandemiyadan so’ng bunday o’sish kuzatilishi tabiiy hol edi menimcha.

🤳 App Annie aytishicha, Hindistonliklar 1-kvartalda mobil ilovalarda oldingiga qaraganda 80% ko’proq vaqt o’tkazmoqda. Braziliya, Janubiy Koreya va Indoneziyada odamlar o’rtacha 5 soat vaqtini servislarda o’tkazsa, AQSh, Meksika va Turkiyada bu ko’rsatkich 4 soatga teng. Menimcha eng ko’p vaqtni Ijtimoiy tarmoqlar egallasa kerak.

themark.uz – Digital Marketing haqida barchasi