MLM – tarmoqli marketing bu marketing strategiyadan ko’ra ko’proq biznes modelga xos. Chunki bu modelda tovaringizni siz emas, asosan mijozlaringiz sotadi. Ya’ni mijozlaringiz sotuvchiga aylanadi va ma’lum foiz daromad uchun ortidan mijozlar olib kelishadi. Ular olib kelgan mijozlar (sotuvchilar) ham tovaringiz sotadi va yana mijozlar olib keladi.

Bu kabi MLM modellari oxirgi yillarda Oriflame, BeverLee kabi mahsulotlar ortidan bizda ommalashyotgandi. Bir misol: Siz “X” mahsulotni sotib olish uchun 400$ to’laysiz va ortingizda bir kishini olib kelsangiz, uning uchun yana 50$ olasiz. Siz olib kelgan mijoz yana mijoz olib kelsa, siz yana boyiysiz. Xullas buyog’i piramida kabi shakllanib ketadi.

Piramidaning uchida turgan inson esa bir kun kelib ishlamasdan daromad topadigan darajaga erishadi. Siz esa MLM da ishlayotganda erkin sharoitlarda daromad topyapman deb o’ylaysiz-u, ammo siz na o’zingizga, na X brendiga ishlaysiz. Siz faqat piramidaning cho’qqisidagi insonni boyitasiz. U uchun ishlaysiz.

Yana bir e’tiborli jihati MLM dan foydalanadigan brendlar asosan qalbaki, shishirilgan(ortiqcha maqtalgan), yoki aslida befoyda mahsulotlarni sotishadi. Turli xil ming dardga davo dorilar, kosmik kuchga ega kosmetikalar, choylar va hokazolar. Vaholanki, yaxshi mahsulotlar MLM ga muhtoj emas.

Dinimizda MLM harom deyilgan. Shuning uchun bu kabi ishlarni amalga oshirishda ehtiyot bo’ling. Aniqki, qadriyatlari bor inson MLM ga aralashmaydi.

Siz-chi, qanday MLM modellarini bilasiz?