SMM deb hamma yoqda jar solib trendga chiqarishdi. SMM “shiklar” dan so’rasangiz bu ming dardga da’vo deydi. Hamma ham o’zi bilgan narsani maqtaydi-da.

Xo’sh, o’zi SMM shunchalik biznes uchun muhimmi? Menimcha yo’q. Chunki uni hamma biznes uchun ham qo’llash mumkin emas. Qaytimga beriladigan tovarlar, facebook ko’rsa ban qiladigan mahsulotlar va yana bir nechta turdagi biznes deb atab bo’lmaydigan faoliyatlar borki, SMM haqida o’ylab o’tirishmasa ham bo’ladi. Shunday ekan buni oddiy holdek qabul qilish kerak. SMM chilar g’ayrioddiy kuchga ega insonlar emas. To’g’ri ozmi ko’pmi o’rganishgan, ammo bu sohada eng qimmat turadigan bilim emas! Tajriba. Tajribasiz SMM mutaxassisi hech kimga kerak emas.

SMM – bu “Easy to learn, hard to master” bo’lgan sohadir. Ammo maslahatim SMM da qolib ketmang. Keyingi manzilingiz Digital Marketing, Project management yoki Startup bo’lsin. Shunchaki Instagramga post qo’yib, maqola yozib o’tiradigan insondan yomoni yo’q.

Endi sarlavhaga qaytaman. SMM juda bir dolzarb va “must have” instrument emas. Maqsadingiz brend xabardorligini oshirish bo’lsa, boshlang. Ammo bir oy ichida sotuvlarni oshirish, 2 oyda sodiqlikni oshirish, 3-oyda 1000$ sotuv qilish degan bema’ni hayollarni yig’ishtiring. Sal xotirjamroq, jiddiyroq bo’lish kerak bu SMMda. Chunki natija hech qaysi biznes uchun va hech qaysi marketolog uchun kafolatlanmagan.

⏺ Mayli, maqolam uzun bo’lib ketdi. Qisqasi men SMMni yomon ko’raman 😉