📌Agar siz Telegramda kanal ochish haqida o’ylayotgan bo’lsangiz unga mavzu tanlash ustida bosh qotirishingiz tabiiy. Men esa hozir trendda bo’lgan 5 ta kanalni sizga maslahat beraman.

1️⃣Lokallashgan kanallar. Bir viloyat yoki shahar uchun ixtisoslashgan kanallar tobora ko’payib bormoqda. Chunki bu kanallarga mahalliy tadbirkorlardan reklama takliflari kelishi osonroq. Siz mijozlaringiz kim ekanini auditoriyanigiz qanday ekanligini aniq bilasiz. Bu esa sizning reklama xizmatingizni osonlashtiradi.

2️⃣E’lon kanallari. Telefon, Uy, Mashina, xattoki Qo’y bozori ham endi Telegramda bor. Bu turdagi kanalni ham lokallashtirsa bo’ladi. Masalan Vodiy bozori. Avvaliga yaxshi obunachi yig’ilguncha tekinga ishlaysiz. Chunki 1K lik kanalga hech kim 5000 so’mga ham e’lon bermaydi OLX turganda.

3️⃣IT haqidagi kanallar. Pandemiya sabab IT ga qiziquvchilar ko’paymoqda. Shunga yarasha talabga taklif sifatida har xil kanallar paydo bo’lmoqda. Ularning ichida sifatli ham sifatsiz ham kontent bor. Muhimi obunachilarni siyqasi chiqib ketgan ma’lumotlar va faktlar bilan zeriktirib qo’ymaslik. Masalan: “Facebook nega ko’k rangda” yoki “Stiv Jobsning aqlli so’zlari” kabi.

4️⃣Onlayn kurslar. Dasturlash, Grafik dizayn, Marketing, SMM, Xorijiy tillarni onlayn o’rganishga talab paydo bo’lmoqda. Agar siz shu soha mutaxassisi bo’lsangiz vaqtni kutib o’tirmang! Yoki shunday ekspertni topib u bilan hamkorlikda ishlang.

5️⃣Shaxsiy blog. Oxirgi 1-2 yilda blogger so’zi trendda bo’ldi. Bundan keyin ham lug’atlarimizning ilk shaifalarida turishi aniq. Agar siz o’z ishingizni ustasi bo’lsangiz yoki qiziqarli kontent yarata olsangiz unda bloggerlikka qadam qo’yish vaqti keldi!