▪️ Influencer – insonlarning fikriga ta’sir o’tkaza oladigan insonlar.

▫️ Bizda blogger va influencerni ko’p adashtirishadi yoki bitta deb hisoblashadi. Aslida unday emas. Har qanday blog yozadigan insonni blogger desa bo’ladi lekin uning influencer ekanini statistikalar va uning ta’sir etish qobiliyati belgilaydi. Sizni 100 tagina odam kuzatsa-yu lekin o’rtacha 30% kuzatuvchi sizning tavsiyalaringiz asosida xarid qilishga tayyor bo’lsa, sizni tor doirada influencer deb atasa bo’ladi.

☑️ Ammo 10-15 minglab obunachilaringiz bo’lsa-yu, sizning tavsiyalaringiz, tanlov va xaridalaringiz ularga qiziq bo’lmasa siz bloggersiz! Blogger bo’lmasdan ham influencer bo’lish mumkin. Lekin bizda bu bir oz qiyin.

💬 Xullas, chalg’ib ketdik. Agar siz o’z mahsulot/brendingizni influencer tavsiyasi orqali reklama qilsangiz bu influencer marketing deyiladi.

🗒 Hozirgi “axborot shovqini” (https://lifehacker.ru/informatsionnyj-shum/) davrida odamlarda reklamaga qarshi immunitet paydo bo’lgan. Ular 3-4 sekund ichida kontentning reklama ekanini bilib qolishadi va o’tkazib yuborishadi. Shuning uchun hozir influencer marketing ancha ommalashmoqda. Chunki influencerlarni doim kuzatishadi, ularga ergashishadi, fikrlari va tanlovlarini hurmat qilishadi(hamma emas albatta faqat kuzatuvchilari).

Influencer marketingda eng muhimi sizning sohangizga mos keladigan influencerni topish. Hozir bu unchalik ham qiyin ish emas. Yodda tuting: minglab obunachilari bo’lgan hamma ham influencer emas!