Kontent marketing nima?

◻️ Kontent marketing bu – sotishdan ko’ra ko’proq maqsadli auditoriyaga foydali va qiymatli ma’umotlarni ulashishdir. Unda asosiy maqsad hech qachon sotish bo’lmaydi.

📃 Kontent marketing uchun eng qulay vosita bu – blog. Nima yozishni deyarli farqi yo’q. Layfhaklar, success story (muvaffaqiyat tarixi)lar, statistikalar, o’rgatuvchi videolar. Eng muhimi maqsadingiz reklama emasligini tushuntirishingiz va o’quvchiga qiymat berishingiz kerak.

📌 Kontent marketing – bu uzoq muddatli strategiya. Unda natijalar tez kelmaydi. Chunki unda siz mijozlarga sotishni emas, ular bilan aloqa o’rnatishni va qiymat yetkazishni maqsad qilgan bo’lasiz. Bu esa uzoq vaqtdan so’ng sotuvlarga ta’sir o’tkazishi mumkin.

🛠 Kontent marketingdagi eng qiziqarli keyslardan biri – Blendtec. YouTubedagi “Will it blend” kanalida ular turli buyumlarni o’z blenderlari yordamida maydalab ko’rishadi va buni minglab insonlar tomosha qiladi. Biror joyda bizning blender, yoki ularni sotib oling degan so’zni eshitmaysiz. Shunchaki kontentni tomosha qilasiz va brendga nisbatan ijobiy taasurot paydo bo’ladi.

Bu yerda iPhone X ning blenderdan chiqqanini ko’rishingiz mumkin