Agar siz SMM faoliyati bilan shug’ullansangiz ba’zi servislar siz uchun tanish bo’lishi mumkin. Lekin SMM ga qiziquvchilar yoki endi boshlayotganlar uchun bu maqola “must have” instrumentlar jamlanmasidir.

7. Sarafan.uz – Influencerlar birjasi
Saytda turli mavzulardagi blogerlarni topishingiz, ularning reklama shartlari va narxlari bilan tanishishingiz mumkin. O’zbekcha ajoyib servis. Hozircha saytda juda kam blogerlar bor va borlari ham unchalik mashhur yoki sifatli emas. Ammo yaqin 1 yil ichida servisga e’tibor oshsa, haqiqiy foydali vositaga aylanadi.

6. SUPA – qisqa videolar konstruktori
Juda foydali va ko’pchilikning eng sevimli video konstruktori. Unda siz istalgan hajmdagi reklamalar, infografikalar, iqtiboslar va storislar uchun tayyor shablonlarni topasiz. Narxlari ham adolatli 🙂

SUPA

5. Canva – SMM dizayn uchun №1 konstruktor

Canvani eshitmagan SMM mutaxassisi bo’lmasa kerak. Canva.com da siz Postlar, reklamalar, storislardan tortib logotiplargacha tayyor shablonlarni topishingiz mumkin. Boshlanishiga dizaynersiz ishlamoqchi bo’lgan yoki o’z loyihasini yuritayotgan SMM mutaxassislari uchun eng zo’r servis!

4. Amplifr – Bir nechta ijtimoiy tarmoqlarda analitika

Amplifr Instagram, VKontakte, Odnoklassniki, Facebook, Telegram, Twitter va yana 3 ta tarmoq bilan ishlaydi. Unda postni har xil tarmoqlarga moslash funksiyasi ham bor. Bu esa vaqt va energiyani ancha tejaydi. Xullas, sinab ko’rish shart!

3. Tokker – TikTok uchun yagona servis

Hozircha TikTok masalasi marketolog davrasida keng muhokama qilinmoqda. Uning kelajagi bormi? Balkim bordur, chunki uning uchun servislar chiqishni boshladi. Bu dunyodagi birinchi va yagona servis.

Hozircha unda faqat 3 ta funksiya mavjud:
Masslayking
– Massfollowing
– Izohlarga layk bosish

2. Spark AR – Instagram filtrlar konstruktori

Instagram filtrlar eng oxirgi trendlar bo’lib kelmoqda va sizni ham uni o’rganishga majbur qiladi. Bu saytda siz turli murakkablikdagi qiziqarli filtrlarni joylashingiz va obunachilaringiz bilan ulashishingiz mumkin.

  1. Livedune – Analitika, avtoposting, hisobotlar, mashhur blogerlarni tekshirish. Hammasi bitta servisda!

SMM mutaxassislarining eng qimmat xazinasi. Servisda siz uchun kerakli hamma narsa bor. Undan foydalanishni bilsangiz bas

Xo’sh siz qanday servislardan foydalanasiz? Izohlarda yozib qoldiring.

Maqolani do’stlaringizga ham ulashing